Sirdaryoda ijtimoiy koʻmak koʻlami kengaymoqda

22:47 17 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
1105 0

Foto: Халқ сўзи

Anomal sovuq boshlangan dastlabki kunlardanoq Guliston shahrida “Isinish xonasi” tashkil etildi. Qizil yarim oy jamiyati tomonidan oʻrnatilgan mazkur chodir mehmonlariga bir finjon choy, qahva ham taklif etilmoqda.

Yangiyerlik tadbirkorlar esa oʻnlab ehtiyojmand oilalarga elektr isitgichlar yetkazdi. Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida ehson oshlari tayyorlanib, aholiga tarqatilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy yordam sifatida koʻmir va koʻrpalar ham berilayotir.

— Tez orada jami 236 mahalladagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ming nafar yigit-qiz bosh-oyoq issiq kiyim bilan taʼminlanadi, — deydi Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Mirrahimov. — Zotan, mehr-muruvvatga yoʻgʻrilgan bunday tadbirlarning koʻlami keng. Ushbu xayrli ishlarda faqat tashkilot va idoralar emas, saxovatli yurtdoshlarimiz ham faol ishtirok etayotgani quvonarli. Taʼbir joiz boʻlsa, anomal sovuqda qiynalgan oilalarga koʻrsatilayotgan yordam orqali mehr tafti ulashilmoqda.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер