Sirdaryoda IT kompaniya IT-Parkning rezidenti boʻldi

Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning yanvar iyun oylarida Sirdaryo viloyatida 19 ta IT kompaniya IT-parkning rezidenti boʻldi. Ularning 6 tasi IT xizmatlarni eksporti bilan shugʻullanuvchi, shu jumladan, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalardir.
IT-Park Sirdaryo filiali eksportga yoʻnaltirilgan 6 ta yangi IT kompaniyani, shu jumladan, taʼsischilari Malayziya, Estoniya, Janubiy Koreya, Rossiya va Ispaniya kabi mamlakatlar boʻlgan xorijiy kapital ishtirokidagi 5 ta kompaniyani rezidentlikka jalb qildi. Kompaniyalar orasida Malayziyaning BPO (business process outsourcing) xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan “UPSTREAM BPO” MCHJ va Janubiy Koreyaning dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va texnik xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan “SOFT BRAINS” MCHJ kabi 2 ta kompaniyani alohida taʼkidlash mumkin.
— Mazkur kompaniyalarning asosiy faoliyat yoʻnalishlari IT va BPO xizmatlari, dasturiy taʼminot ishlab chiqish, dizayn va multimedia ishlab chiqarishdan iborat, — deydi IT-Park Sirdaryo viloyati filiali direktori Oybek Anvarov. — Ular tomonidan birinchi yarim yillikda 1 million AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi mahsulotlar va xizmatlar xorijiy mamlakatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring