Sirdaryoda boʻsh yerlar hisobiga 3638 gektar bogʻ yaratiladi

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Toʻqsoninchi yillarda yurtimizga kelgan xorijliklardan biri zovurlar, dala chetlaridagi boʻsh yerlarni koʻrib, hayratlangan holda “Eh-he, sizlarda hali foydalanilmayotgan maydonlar koʻp ekan. Bizda ekin maydonlari taqchilligidan tom ustida ham daraxt oʻstiriladi”, degan ekan.
Bugun oʻsha dalalar va yoʻllar, kollektorlar atrofidagi uzoq yillardan buyon oʻt-oʻlan bosib yo taqir boʻlib yotgan yerlar saxovatli maydonlarga aylantirilmoqda. Bu ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar asosida olib borilayotir.
— Mamlakat oziq-ovqat zaxirasini taʼminlashda har qarich yer muhim ahamiyatga ega, — deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Nurali Shodiyev. – Yaʼni uvol qilmay, undan unumli foydalansak, shukrki, yerimiz saxovatli: moʻl-koʻl hosil beradi, bozorlarimiz yanada serob boʻladi. Dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalari chetida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha belgilangan vazifalar ham ayni ezgu maqsadga qaratilgandir. Ayni paytda Sirdaryo viloyatida ana shunday yerlar uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos urugʻ va koʻchatlar tanlab olinib, tavsiyalar berildi. Bunda, albatta, dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini taʼminlash, asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy taʼsiri boʻlmagan hollarda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga (intensiv bogʻlar bundan mustasno) daromad keltirishi mumkin boʻlgan maqbul ekinlar ekilishi taʼminlanadi.
Maʼlum qilinishicha, Sirdaryo viloyatida 2025-yilda 4833 ta fermer xoʻjaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilari dalalari chetida olcha, olxoʻri, behi, tok, jiyda, tut koʻchatlari ekish belgilangan. Jami 3638 gektar yerda yangi bogʻlar paydo boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring