Sirdaryoda 7 ta tuman hokimiga “hayfsan” berildi
Sirdaryo viloyatida 7 ta tuman-shahar hokimiga, bitta tashkilot va bitta boshqarma boshliqlariga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasini qoʻllanildi.
Viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayevning 12-avgustda imzolangan qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va xalq qabulxonalari orqali, idoralar, davlat ishtirokidagi tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishni bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi uchun Guliston shahar hokimi T.Dadabayev, Yangiyer shahar hokimi I.Xujayev, Sardoba tumani hokimi A.Xidirov, Mirzaobod tumani hokimi J.Yariyev, Sirdaryo tumani hokimi B.Mirzaqulov, Sayxunobod tumani hokimi F.Oʻktamjonov, Oqoltin tumani hokimi D.Fazilov, Sirdaryo viloyati hokimligining qurilish boʻyicha “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbari Sh.Abdullayev, Sirdaryo viloyati xalq taʼlim boshqarmasi boshligʻi O.Donaboyevlarga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring