Singapurda oʻtkazilgan anjumanda Xivaning turizm salohiyati eʼtirof etildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Shu yilning 30-may — 1-iyun kunlari Singapurda oʻtkazilgan uchinchi musulmon davlatlari turizm bozorida rivojlanishning yangi yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Sammitda turizmni barqaror rivojlantirish hamda halol turizmidagi tendensiyalar boʻyicha 50 dan ortiq maʼruzalar tinglandi.
Xalqaro sammitda 140 davlat orasida Xiva shahri “Yilning islom merosi destinatsiyasi” (Islamic heritage destination of the year) nominatsiyasi boʻyicha yuksak baholanib, koʻhna kentning turizm salohiyati alohida eʼtirof etildi.
Eʼtiborlisi, nufuzli anjumanda Xorazm viloyati turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya ham qatnashib, yakunda bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
— Yuzma-yuz muloqotlarning asosiy voqealaridan biri “Mastercard-CrescentRating Global Muslim Travel Index (GMTI) 2023” hisobotining ishga tushishi boʻldi, — deydi Xorazm viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi boshligʻi Azamat Xoʻjayev. — Sammit tajriba almashinuvi, hamkorlik va innovatsiyalar uchun platforma boʻlib, butun dunyo boʻylab musulmon sayohatchilar uchun yanada inklyuziv va qulay sayohatni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring