Shvetsiya va Finlyandiya ertaga NATOga qoʻshilish uchun ariza beradi, Avstriya esa betaraf qolishni maʼqul koʻrdi
Arxiv surat
Shvetsiya prezidenti Magdalena Andersson Shvetsiya va Finlyandiya joriy yilning 18-may kuni NATOga murojaat qilishini maʼlum qildi.
Stokgolm va Xelsinki 18-may kuni Shimoliy Atlantika alyansiga qoʻshilish uchun qoʻshma ariza beradi. Bu haqda Shvetsiya prezidenti Magdalena Andersson Finlyandiya yetakchisi bilan boʻlib oʻtgan qoʻshma anjumanda maʼlum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Biz ertaga birga NATOga aʼzo boʻlish uchun ariza beramiz”, dedi Andersson.
Oldinroq Finlyandiya parlamenti rasmiylarning mamlakatning NATOga kirishi uchun ariza berish haqidagi qarorini qoʻllab-quvvatlagan edi. Qayd etilishicha, Finlyandiya parlamentining 200 nafar deputatidan 188 nafari mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga qoʻshilishi uchun ovoz bergan. Qarorga sakkiz deputat qarshi ovoz berdi, toʻrt nafari betaraf qoldi.
Avstriya betaraf qolishga qaror qildi. Avstriya kansleri Karl Nexammerning aytishicha, Venaning NATOga kirishi masalasi dolzarb emas.
Venaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirishi masalasi dolzarb emas, Avstriya betaraf davlat boʻlib qolishni va blokdan tashqari maqomga ega boʻlishni afzal koʻradi. Bu haqda Avstriya kansleri Karl Nexammer Chexiya bosh vaziri Petr Fiala bilan qoʻshma matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Avstriyaning NATOga qoʻshilishi masalasi dolzarb emas. Avstriya harbiy sohada ham betaraf boʻlgan va boʻladi”, deydi kansler.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring