Shveysariyada sodir boʻlgan portlash oqibatida halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq – TIV
Avvalroq, Yangi yil arafasida Shveysariyaning mashhur changʻi kurortlaridan biri — Krans-Montanada joylashgan barda portlash sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur portlash yuzasidan chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, ushbu fojia oqibatida jabrlanganlar hamda vafot etganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligi maʼlum qilingan.
“Shveysariyaning Kran-Montana shahrida sodir boʻlgan, oʻnlab insonlar hayotiga zomin boʻlgan fojiali yongʻin haqidagi xabarni katta qaygʻu bilan qabul qildik. Marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sogʻayib ketishlarini tilaymiz”. – deyiladi TIV bayonotida.
Mazkur hodisa yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi va Shveysariyadagi diplomatik vakolatxonalari mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring