Shveysariyada “Shimoliy oqim-2”ni qayta ishga tushirish boʻyicha yashirin muzokaralar olib borilmoqda – “Bild”
Arxiv foto
AQSH Prezidentining maxsus vakili Richard Grenell “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri va Rossiya gazini Germaniyaga yetkazib berish bilan bogʻliq mumkin boʻlgan bitimni muhokama qilish uchun Shveysariyaga bir nechta norasmiy tashriflar amalga oshirgan. Ushbu jarayonlar bir necha haftalardan beri davom etmoqda.
Shu bilan birga, nemis hukumati Grenellning Shveysariyadagi uchrashuvlaridan xabardor emasligini, oʻzi esa bu muzokaralarga aloqadorligini rad etishini aytdi. Germaniya hukumati esa “Shimoliy oqim-2”ning qayta ishga tushirilishiga qanday qarshi tura olishlarini koʻrib chiqmoqda. “Bild”ning taxmin qilishicha, AQSH Rossiya gazini Meklenburg – Gʻarbiy Pomeraniya mintaqasiga tashish orqali vositachilik qilishi mumkin. Bu Amerika tomoniga Germaniyaning gaz taʼminotini nazorat qilish va undan moliyaviy foyda olish imkonini beradi.
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gaz quvuri atrofida juda koʻp notoʻgʻri maʼlumotlar paydo boʻlayotganini aytgan. Shuningdek, “Reuters” fevral oyida Rossiya va AQSH vakillari Ukrainadagi mojaroni muhokama qilish uchun Shveysariyada yashirincha uchrashishganini yozgani maʼlum.
Shu qatorda “Bild” va “The Financial Times” nashrlarning taʼkidlashicha, Rossiya va AQSH bir necha haftadan beri amerikalik investor tomonidan “Shimoliy oqim”ni sotib olishni muhokama qilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring