Shveysariya brendi Oʻzbekistondagi uchta kompaniya aksiyalari boshqaruvini qoʻlga oldi
Leman Services et Investissements(Shveysariya) shoʻba kompaniyasi hisoblangan Leman Capital xabariga koʻra, u Oʻzbekistondagi uchta kompaniya aksiyalari ishonchli boshqaruviga ega boʻlgan. Bu Integra Eurasia bilan shartnoma asosida amalga oshirildi.
Shveysariya investitsiya kompaniyasi quyidagilarning aksiyasini oldi:
“Oʻzparavtotrans” AJ(104 544 dona, ustav fondining 26,5 foizi);
“Buxoroneftegazparmolash” AJ(1 003 576 dona, 23,4 foiz);
“Oʻzpartamponaj” AJ(816 200 dona, 9,66 foiz).
Leman Capital bosh qarorgohi Shveysariyaning Vo kantoni Non shahrida joylashgan Leman xalqaro moliya guruhining bir qismi hisoblanadi. U Oʻzbekistondagi faoliyatini 2018 yilda boshlagan. U Leman guruhi texnologiyalari va resurslaridan foydalangan holda korporativ moliya, brokerlik biznesi, investitsiyaviy konsultatsiya va aktivlarni boshqarish sohasida yetakchiga aylanishni oʻzining asosiy vazifasi deb biladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring