Shu yilning oʻzida “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda yana 130 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilib, aholiga topshiriladi — Shavkat Mirziyoyev
“Tabiatga mehrli munosabat orqali kelajak avlodlarga unumdor yer, zilol suv, musaffo havoga ega boʻlgan goʻzal Vatanni meros qilib qoldirishni muqaddas burchimiz, deb bilamiz. Shu maqsadda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni yanada kengaytiramiz”, — dedi Prezident.
Keyingi sakkiz yilda yurtimizda 31 million kvadrat metrdan ortiq yoki qariyb 12 mingta koʻp qavatli uy-joy barpo etilgani tarixiy qadam boʻldi.
Shu yilning oʻzida “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda yana 130 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilib, aholiga topshiriladi.
2030-yilgacha butun dunyoda qoʻllanayotgan “yashil shahar” standartlari asosida barcha shaharlarimizda yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi.
Natijada mamlakatimiz barqaror energiya bilan taʼminlanadi, ekologiyaga, odamlarimiz salomatligiga zararli taʼsirlar keskin kamayadi.
“Shu bilan birga, master rejalar asosida har bir qishloq va mahallaga shahardagi qulayliklarni olib kiramiz. Kichik shaharlarni zamonaviy infratuzilma asosida rivojlantirib, ularni yangi bosqichga koʻtaramiz”, — dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring