Shokolad yurak-qon tomir tizimini sogʻlomlashtiradi
Amerikalik olimlar shokoladning yurak-qon tomir tizimi uchun foydali ekanligini isbotlashdi.
Shokolad va yurak-qon tomir kasalliklari oʻrtasidagi bogʻliqlikni tahlil qilish uchun 300 ming kishidan olingan maʼlumotlar tahlil qilindi. Maʼlum boʻlishicha, haftasiga kamida bir marta shokolad isteʼmol qilgan odamlarda yurak xastaligi xavfi boshqalarnikiga qaraganda 8 foizga kam boʻladi.
Mazkur ijobiy natijalar shokolad tarkibida stearin kislotasi, flavonoidlar va polifenollarning mavjudligi bilan izohlandi. Ushbu birikmalarning barchasi yurak faoliyatini kuchaytiradi.
Ammo shokoladni haddan ziyod isteʼmol qilish semirish va diabetga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring