Shoir Nodir Jonuzoq davlat tilini rivojlantirishga mas’ul bo‘ldi

15:41 22 Iyun 2023 Madaniyat
1689 0

Arxiv foto

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq)  Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" manbalari xabar bermoqda.

Shoir Nodir Jonuzoq 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar «Yoshlik» jurnaliga bosh muharrirlik qilgan. 

U 2018 yil aprelida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil dekabrida uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 2022-yilning aprelida u Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2022-yilning 30-dekabrida esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va hozirgi kungacha shu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?