Shimoliy Koreyaning yangi kurortiga kimlar bormoqda? Mamlakat dunyoga ochila oladimi?

10:39 14 Iyul 2025 Dunyo
127 0

Foto: KCNA

Shu yilning iyun oyida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi yangi plyaj kurorti “Vonsan-Kalma”ni tantanali ravishda ochib berib, uni jahon darajasidagi sayyohlik va madaniy markazi ekanini qayd etgandi.

Ushbu loyiha qurilishi jarayonida ishchilarga nisbatan salbiy munosabat boʻlganligi uchun inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilingan.

Kurort bu hafta rossiyalik sayyohlarning birinchi guruhini qabul qildi. Tashqi dunyo uchun yopiq boʻlgan mamlakatda kurort qurilishi tafsilotlari ochiqlanmagan edi. BBC Verify jurnalistlari sunʼiy yoʻldosh tasvirlari va hujjatlarini koʻrib chiqdi.

Kim Chen In umrining koʻp qismini Vonsanda oʻtkazgan, chunki yangi kurort shahri qurilishidan oldin Shimoliy Koreya elitasi uchun mashhur dam olish maskani boʻlgan.

Shunday qilib, Vonsan qurilishidan oldin millionga yaqin sayyohni jalb qilish va yopiq holda saqlash reja qilingan. Shimoliy Koreya rahbari kurortni qurishdan oldin bir guruh amaldorlarni Ispaniyaga yuborgan. U yerda rasmiylar “Benidorm” kurorti bilan tanishgan va oʻrgangan.

Ispaniyalik vakilning eslashicha, shimolliklar delegatsiyasi tarkibida yuqori martabali siyosatchilar va koʻplab quruvchilar boʻlgan. Shimoliy Koreyaning kurort xaritasida qirgʻoq boʻylab joylashgan 43 ta mehmonxona, shuningdek, sunʼiy koʻl boʻyidagi mehmon uylari va lagerlar koʻrsatilgan. Hududni sunʼiy yoʻldosh tasvirlari bilan solishtirganlar binolar haqiqatda qurilganligini tasdiqlay olishmadi.

2018-yil boshidan soʻng, keyingi 18 oy davomida olingan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari qirgʻoqning toʻrt kilometrlik qismida oʻnlab binolar paydo boʻlganligini koʻrsatadi. Janubiy Koreyaning sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini tahlil qiluvchi SI Analytics kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, oʻsha paytga kelib kurortning taxminan 80 foizi qurilgan. Biroq keyinchalik ishlar toʻxtat qolgan. Qurilish Kim Chen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan uchrashuvidan soʻng qayta tiklangan. Oʻshanda Rossiya prezidenti Rossiya fuqarolarining Shimoliy Koreya kurortlariga tashrifini ragʻbatlantirishini aytgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurilishning noinsoniy jihatlariga eʼtibor qaratgan. Aniqlanishicha, ishchilar ishni tugatish uchun 24 soatlik rejimda ishlagani, yetarli darajada oziqlanmagani maʼlum. BBC Shimoliy koreyaliklardan biri bilan suhbatlashdi, Cho Chun Xu ushbu qurilishda jamoa rahbari boʻlgan, keyinchalik mamlakatdan qochib ketgan. Uning aytishicha, ayollar ogʻir jismoniy yumishlarga jalb qilingan va yetarlicha ovqatlanmagan. Odamlar ish jarayonida vafot etavergan.

Shuningdek, kurort qurilishi sababli mahalliy aholi uylaridan ayrilgan, ular kompensatsiyasiz uylaridan haydalgan. BBC Verify sunʼiy yoʻldosh tahlili orqali kurortga olib boradigan asosiy yoʻl yaqinidagi binolarning buzilishini aniqlagan.

Chet ellik sayyohlar qayerda?

Soʻnggi yillarda Shimoliy Koreya chet ellik sayyohlar uchun deyarli butunlay yopiq edi va faqat bir nechta sayyohlik firmalariga qattiq nazorat ostida mamlakatga tashrif buyurishga ruxsat berildi. “Vonsan-Kalma” nafaqat Shimoliy Koreyaning sanksiyalari ostida boʻlgan iqtisodiyotini tiklashda muhim rol oʻynaydi, balki Pxenyan tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi urushini harbiy qoʻllab-quvvatlashi tufayli yaqinda yanada kuchaygan Rossiya bilan aloqalarini mustahkamlaydi. BBC Verify jurnalistlari tomonidan koʻrib chiqilgan dastlabki loyiha hujjatlariga koʻra, asl maqsad milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qilish edi, sayyohlar asosan Xitoy va Rossiyadan kelishlari kerak edi.

Jurnalistlar Xitoy va Rossiyadagi sayyohlik agentliklari veb-saytini oʻrganib chiqdi. Xitoyda ushbu kurortga doir hech qanday reklama eʼlon qilinmagan. Rossiyada esa “Vonsan-Kalma”ga olib boradigan uchta agentlik topilgan. Ular iyul oyi boshida bir guruh rossiyaliklarni kurortga joʻnatgan va avgust oyida ham ikkita safar rejalashtirgani maʼlum. Bir haftalik sayohat narxi 1800 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ekspertlarga koʻra, Shimoliy Koreya bu kurorti bilan rossiyaliklarni oʻziga jalb qilishi ancha mushkul, sababi xizmat koʻrsatish va doimiy nazorat ostidagi erksizlikdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер