Shimoliy Koreyada “gamburger”, “muzqaymoq” va “karaoke” soʻzlari taqiqlanadi
Shimoliy Koreyada gidlar uchun yangi til meʼyorlari joriy etildi. Unga koʻra, ular xorijiy va janubiy koreyscha iboralardan foydalanmasligi lozim, xususan “gamburger”, “muzqaymoq” va “karaoke” kabi soʻzlarni ishlatish taqiqlanmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.
Xabarga koʻra, avgust oyining oʻrtalaridan boshlab butun mamlakat boʻylab xorijiy turistlar bilan ishlaydigan gidlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari yoʻlga qoʻyilgan. Guruhlar 20–30 kishidan iborat boʻlib, mashgʻulotlarda kelajakdagi gidlarning xulq-atvori, kasbiy standartlari hamda soʻz tanlashiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Stajyorlarga xorijiy va janubiy koreyscha soʻzlardan qochish tavsiya etilgan. Masalan, “gamburger” oʻrniga “dachjin-gogi kyoppan” (“mol goʻshti qiyma solingan ikki non”) iborasi ishlatilishi lozim. Shuningdek, “muzqaymoq”ni ifodalash uchun “esukimo” (“eskimo”) yoki “orymbosingi” soʻzlari qoʻllanishi kerakligi aytilgan. Janubiy Koreyada keng tarqalgan karaokelar esa “ekranli hamrohlik mashinalari” deb atalishi belgilangan.
Loyihaning asosiy maqsadi — turizm sohasi mutaxassislarini “shimoliy koreyscha leksika”dan foydalanishga oʻrgatish, ular tomonidan ongli yoki ongsiz ravishda janubiy koreyscha va xorijiy iboralardan foydalanishining oldini olishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring