Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 nafar askar yubordi – Janubiy Koreya razvedkasi
Janubiy Koreya harbiy rahbariyatining soʻnggi bayonotiga koʻra, 2025-yil boshidan beri Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 nafar harbiy xizmatchini yuborgan. Bu kuchlar Moskva tomonida Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etmoqda. Seulning taʼkidlashicha, umumiy hisobda Rossiyaga yuborilgan KXDR harbiylar soni 11 ming nafarga yetgan boʻlib, ulardan taxminan 4000 nafari halok boʻlgan yoki yaralangan.
Janubiy Koreya manbalariga koʻra, Pxenyan nafaqat harbiy kuchlar, balki Rossiyani qurol-aslaha bilan ham taʼminlashni davom ettiryapti. Xususan, Moskvaga kichik radiusdagi ballistik raketalar, granatomyotlar va reaktiv zalp otishi tizimlari yetkazib berilgan. Bundan tashqari, artilleriya snaryadlari va boshqa turdagi muhim harbiy jihozlar ham Shimoliy Koreyadan Rossiyaga olib borilayotgani haqida axborotlar bor.
Seul, Kiyev va Vashington rasmiylari 2024-yil oktyabridan beri Shimoliy Koreya Qurolli Kuchlarining 10 mingdan ortiq askari Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatida joylashtirilganini taʼkidlaydi. Ular Ukrainadagi front liniyasida jang qilgan va katta yoʻqotishlardan soʻng, 2025-yil yanvar oyida baʼzilarini orqaga olib chiqishga majbur boʻlishgan.
Janubiy Koreyaning ogohlantirishicha, frontdagi vaziyat keskinlashgan taqdirda Pxenyan Rossiyaga yanada koʻproq harbiy va moddiy yordam koʻrsatishi mumkin. Bunday qadam xalqaro huquq normalari va sanksiyalarini buzish bilan bir qatorda, mintaqadagi muvozanatga ham jiddiy tahdid soladi. Janubiy Koreya xalqaro hamjamiyatni ushbu harakatlarga qarshi qatʼiy chora koʻrishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring