Shifo maskanida zamonaviy sharoitlar yaratildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasi sifatida Qoʻqon shahridagi tumanlararo shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida jahon andozalari darajasida faoliyat koʻrsatishi uchun barcha qulayliklar muhayyo etildi.
Aytish joiz, yaqin yillargacha ushbu shifo maskanining eski binosida oʻz xizmat davrini allaqachon oʻtab boʻlgan uskunalar yordamida tibbiy xizmatlar koʻrsatilardi. Endilikda bu maskanda eng zamonaviy va innovatsion jihozlar yordamida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini ham muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.
Shu tariqa Qoʻqon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi qoshida 42 oʻrinli “Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazi“ tashkil etildi hamda zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi.
— Bu tibbiyot muassasasida Qoʻqon shahri, Oʻzbekiston, Dangʻara, Uchkoʻprik, Furqat, Beshariq tumanlari aholisiga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatiladi, — deydi Qoʻqon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi bosh shifokori Bahodir Nazirov. — Markazda tor doiradagi mutaxassislar koʻrigi hamda UZI, FGDS, rentgen, EKG, MSKT, laboratoriya diagnostika xizmatlari yoʻlga qoʻyildi.
Zamonaviy qulayliklar tufayli birgina joriy yilning oʻtgan davrida shifo maskanida 100 ga yaqin murakkab hamda 1227 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.
Qoʻqon shahrida ilk bor buyrak koʻchirish jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazilib, avvallari xorijda davolanishga majbur boʻlgan bemorlarning qiyinchiliklariga barham berildi.
2024-yilning oʻtgan davrida Qoʻqon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida 100 ming nafardan ziyod bemorga birlamchi ambulator yordam koʻrsatildi. Ayni paytda markazga zamonaviy angiograf ham keltirilgan boʻlib, “Tashabbusli byudjet“ mablagʻlari hisobiga agiografiya boʻlimi qurilishi olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring