SHHTga aʼzo davlatlar Hududlari rahbarlari forumi boshlandi
Foto: Arxiv surat
Bugun Toshkentda Oʻzbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) aʼzo davlatlari hududlari rahbarlarining gibrid formatdagi forumi boshlandi. Forum ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va SHHT Bosh kotibi Chjan Min qutlovlari bilan murojaat qildilar. Forumda soʻzga chiqqan Qozogʻistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchi Darxan Satibaldi Qozogʻiston va Oʻzbekiston nazorat oʻtish davlatlararo punktlarini modernizatsiya qilayotganlari va kengaytirayotganlarini taʼkidladi. Elchining soʻzlariga koʻra, dengiz tashuvlari qiymati oshgani tufayli hozirda Yevroosiyoning markaziy qismida quruqlikdagi tashuvlarga talab kuchaygan. “Ishonchim komil, agar SHHT davlatlari transport aloqalarini yagona tarmoqqa ulay olsalar, ularni yagona transport zanjiriga bogʻlay olsalar, bu tashkilotdagi integratsiya jarayonlarini sezilarli darajada chuqurlashtiradi”, - deya qoʻshimcha qildi Darxan Satibaldi.
Ikki kun davomida tadbir ishtirokchilari tashkilotga aʼzo mamlakatlar eʼtiborini turizm, madaniyat va qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirishga jalb etish yuzasidan oʻzaro fikr almashadilar. Anjuman dasturiga koʻra, uchta shuba sessiyalari, shuningdek, tashkilot mamlakatlari ishbilarmon doiralarining vakillari bilan biznes-forum oʻtkaziladi.
Shuba sessiyalarida ishtirokchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash boʻyicha qoʻshma yuqori texnologik loyihalar, qishloq xoʻjaligi sohasida, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek turizm va transport logistikasi sohasidagi hamkorlikka eʼtibor qaratiladi.
Hududlar rahbarlari forumi SHHTga aʼzo mamlakatlarga mintaqani yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini har tomonlama koʻrib chiqish imkonini beradigan muloqot platformasi vazifasini bajaradi.
Abduvali Soyibnazarov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring