Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Bugun, 6-noyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupovning 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Rustam Kalonov Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi etib saylandi.
Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umurzoqov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring