Shavkat Mirziyovning Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumaniga tashrifidan fotoreportaj

14:52 19 Noyabr 2023 Ilm-fan
4251 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlariga tashrif buyurib, sport va transport infratuzilmasi obyektlarining qurilishini koʻzdan kechirdi, mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari avvaliga Olimpiya shaharchasi qurilishi bilan tanishdi. Maʼlumki, 2025-yilda Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari yurtimizda oʻtkaziladi. Shu bois Olimpiya shaharchasida mazkur musobaqalar dasturiga kiritilgan barcha sport turlari uchun sharoit boʻladi. Uning maydoni 100 gektar. Asosiy inshootlar - 10 ming oʻrinli stadion va 2 mingdan tomoshabinga moʻljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy oʻyinlar majmualaridir.

Keyingi manzilda davlat rahbari Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” koʻchasi va 4R12 magistral yoʻli kesishuvida quriladigan yoʻl oʻtkazgich loyihasi bilan tanishdi. Bu yoʻl Boʻstonliq va Parkent tumanlariga, shuningdek kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yoʻl boʻladi. Loyihaga koʻra, bu yerda 1 ta koʻprik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qoʻshimcha yoʻllar barpo etiladi. Bularning evaziga chorraha bironta ham svetoforsiz - “yashil chorraha” boʻladi. Bu qulaylik natijasida haydovchi va yoʻlovchilarning vaqti hozirgiga nisbatan 20-30 daqiqaga tejaladi, harakat xavfsizligi oshadi.

Prezidentimiz “Doʻstlik - Qoʻyliq” yerusti metrosi tagida qurilayotgan savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini ham koʻzdan kechirdi. Loyiha doirasida bu yerda 36 ta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchasi, sport va bolalar maydonchalari, avtoturargohlar barpo etiladi.

Tashrifni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

 Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер