Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifidan fotoreportaj

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
8-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Prezident Jizzax viloyatiga tashrifini bazaltdan zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxona bilan tanishuvdan boshladi.
Shundan soʻng, Prezident Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivini borib koʻrdi. Tumandagi Tuyoqli mahallasida boʻlib, aholi turmush sharoiti bilan tanishdi.
Keyingi manzil “ADM Jizzakh” zavodida ishlab chiqarish jarayonlari va konveyerdan chiqqan avtomobillar bilan tanishish boʻldi. Shundan soʻng Prezident Jizzax viloyatida bir guruh xorijiy investorlar bilan uchrashib, ularning taqdimotlari bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari shuningdek, Jizzax viloyatida yirik sanoat va energetika obyektlari qurilishiga start berdi. “BMB Holding” kompaniyasining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi agrologistika majmuasini borib koʻrdi. Kun soʻngida Prezident Jizzaxdagi Kibersport arenasida yoshlar bilan muloqot qildi.
Tadbirlarni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring