Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi Xonkendi shahrida davom etmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.
Bu yerda yetakchilar qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.
Korxona Prezidentlar tomonidan 2024-yil noyabr oyida Bokuda bo‘lib o‘tgan BMT Iqlim sammiti doirasidagi uchrashuvda ishga tushirilgan edi.
Tikuvchilik fabrikasining maydoni 1,2 gektar. Loyihaning umumiy investitsiya qiymati 6,2 million dollarni tashkil etadi. Jami 800 ta ish o‘rni yaratiladi.
Korxonada yiliga 3-5 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Tayyor mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring