Shavkat Mirziyoyev sohadagi islohotlarning natijadorligi nimaga bogʻliqligini aytdi

13:20 05 Mart 2025 Siyosat
140 0

“Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bogʻliq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart”, — dedi Prezident.

Shu maqsadda maktab direktorlari “Tarbiya” fani doirasida oʻgʻil-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu gʻoyalarni sodda tilda tushuntirib borishi kerakligi taʼkidlandi.

Rektorlar esa talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyishi zarur.

Umuman, “korrupsiya – kelajakka tahdid” degan gʻoya asosida Yangi Oʻzbekiston yoshlari qalbidan joy oladigan tizim yaratilsa, ayni muddao boʻlishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер