Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Oljas Bektenov davlatimiz rahbariga Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar doirasida Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Avtosanoat, elektrotexnika, toʻqimachilik, metallurgiya, farmatsevtika, qurilish, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Oʻzaro savdoni koʻpaytirish va ustuvor tarmoqlarda, shu jumladan hududlar darajasida sanoat kooperatsiyasining uzoq muddatli dasturini shakllantirish boʻyicha ikki mamlakat hukumatlari tomonidan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrilishi muhim ekani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring