Shavkat Mirziyoyev “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalarini qattiq tanqid qildi
Huquq-tartibot idoralari asosan korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan ishlab, korrupsiyaviy omillarni tag-tomiri bilan yoʻqotadigan preventiv choralarni eʼtiborsiz qoldirayotgani qayd etildi.
Korrupsiyani oldini olish, omillari bilan ishlash uchun 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalarida 1 ming 285 xodim ishlamoqda. Lekin, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishda ularning oʻrni ham, masʼuliyati ham sezilmayotgani qayd etildi.
Har yili biznes muhitini yaxshilash, investitsiya jalb qilish, yangi ish oʻrinlari yaratishda byurokratiya va toʻsiqlarga barham berish boʻyicha oʻnlab qarorlar qabul qilinmoqda.
Masalan, 6,5 ming turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va olib kirishda tadbirkorlarga muvofiqlikni baholash majburiyati yuklangan. Shundan 3 ming 700 turdagi tovar boʻyicha har bir partiyaga alohida sertifikat olish shart.
Shunday roʻyxatlar sanitariya, karantin, veterinariya idoralarida ham bor. Bojxona esa bu roʻyxatlarni hammasi bilan ishlaydi.
Tadbirkorlarni qiynab, korrupsiyaga omil boʻlayotgan bunday roʻyxatlarni qisqartirish boʻyicha bu idoralarning komplayens xodimlari hech qanday taklif bermagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring