Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

18:20 26 Avgust 2019 Siyosat
1532 0

Prezidentning koʻrsatmasiga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish koʻzda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va toʻrtta minora qurish, yoʻldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma obyektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bugun majmuani ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilishga oid takliflar bilan tanishdi.

- Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib boʻlishi kerak. Masjidlar keng va mahobatli boʻlishi lozim. Devorlarga sahih hadislardan lavhlar yozib qoʻyilsa, majmuaning mazmuni yanada boyiydi, yoshlarga bilim, maʼnaviy ozuqa beradi. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu yer. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsayam, qulay sharoit boʻlishi zarur, - dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev majmua rekonstruksiyasini shoshmasdan, chuqur oʻylab loyihalashtirish, xorij tajribasini oʻrganib, ziyoratchilarga yanada koʻp qulaylik yaratish zarurligini taʼkidladi.

Majmuadagi ishlar mamlakatimizda ilm-maʼrifatni rivojlantirish, dinga eʼtiqod qiluvchilarga erkinlik va sharoit yaratish borasida navbatdagi xayrli qadam boʻladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

«Iyun 2025»
DuSeChoPaJuShaYa
2627282930311
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30123456

Кластер

hidden