Shavkat Mirziyoyev: Har bir oʻqituvchi va murabbiy, bogʻcha mudirasi, maktab direktori maʼlum maʼnoda strateg boʻlishi zarur

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.
Bugun taʼlim va tarbiya sohasidagi barcha oʻzgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Aks holda sohaga yoʻnaltirayotgan shuncha mablagʻ, qurilayotgan bino va inshootlar, moddiy-texnik baza havoga sovurilgandek bekorga ketishi qayd etildi.
Oʻtgan 7-yilda taʼlimni rivojlantirishga jami 216 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion soʻm sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bogʻcha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.
Xususiy taʼlimga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bogʻchalar 250 tadan 30 mingtaga koʻpaydi.
Bu moddiy resurslar birinchi navbatda intellektual-maʼnaviy resurslar bilan toʻldirilishi kerakligi, shundagina taʼlimda sifat, samara boʻlishi taʼkidlandi.
Intellektual-maʼnaviy resurslar – bu avvalo oʻqituvchining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, maʼnaviy saviyasi deganidir.
Albatta, bunday uygʻunlikka erishish oson emas. Buning uchun katta-katta mablagʻlardan tashqari ulkan insoniy resurs, bilim va tajriba, kadrlar salohiyati, eng muhimi, oʻqituvchilarning vatanparvarlik fazilatlari talab etiladi.
Ayni vaqtda, bugungi kunda taʼlim sohasida strategik tafakkur zarur. Bu nima degani?
Bu oʻn-oʻn besh yil oldinni koʻrib, taʼlim maskanlarini faqat bugungi kun uchun emas, kelajak uchun ishlaydigan darajaga koʻtarish degani.
Chunki taʼlimda, maʼrifatda orqada qolganlar – hech shubhasiz, taraqqiyotda ham orqada qoladi. Bu – tarixda isbotlangan haqiqat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring