Shavkat Mirziyoyev Erondagi portlash munosabati bilan Masʼud Pezeshkiyonga taʼziya yoʻlladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida roʻy bergan portlash oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Prezident Masʼud Pezeshkiyonga taʼziya maktubi yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
Shahid-Rajai portidagi portlash

Kecha, 26-aprel kuni Eronning Shahid-Rajai portidagi raketa yonilgʻisi komponentlari boʻlgan konteynerlarda kuchli portlash sodir boʻldi. Maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 25 kishi vafot etgan, 1139 kishi jarohatlangan, shuningdek, yana 6 kishi bedarak yoʻqolgan.
Shu munosabat bilan mazkur port joylashgan Hormozgan viloyatida uch kunlik motam eʼlon qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring