Shavkat Mirziyoyev bolalar masalalari boʻyicha muhim farmonni imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga koʻra, bir qator masalalar oʻz yechimini topdi. Birinchidan, Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Ikkinchidan, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari ham aniqlandi.
Shuningdek, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ularning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning joylardagi boshqarmalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring