Shavkat Mirziyoyev AQSHning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida Amerika Qoʻshma Shtatlarining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda AQSH Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Brez Betani, shuningdek, “Boeing”, “FLS”, “Visa”, “NASDAQ”, “Air Products”, “Franklin Templeton”, “Morgan Stanley”, “Coca-Cola” va boshqa koʻplab korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Amerika biznesida Oʻzbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Investitsion va innovatsion hamkorlik istiqbollariga, strategik ahamiyatga ega materiallarni oʻzlashtirish va qayta ishlash, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun Oʻzbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, oʻzlarining aniq taklif va rejalarini bayon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring