Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.
“Takror va takror aytaman – «hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi” deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak”, dedi davlatimiz rahbari.
Lekin koʻp rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra koʻp ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan oʻzi shaxsan shugʻullanishi shart va zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak boʻlgan yangi-yangi masalalarni qoʻymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga savollar koʻp.
Ayrim rahbarlar tendensiyalarni oʻrganib, xatarlarni toʻgʻri baholab, tadbirkorlarga yoʻl ochish oʻrniga oʻzlari toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.
Bundaylarga nisbatan qattiq chora koʻrilishi qayd etildi.
Standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning “qoʻlini bogʻlayotgani”, sohada korrupsiyani keltirib chiqarayotgani koʻrsatib oʻtildi.
25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingi majburiy sertifikatlanadi, bu esa tannarxni oshiradi.
“Vazirlar, hokimlar qachon tadbirkorlarni eshitib, qaysi standartni yangilash, qaysi birini bekor qilish, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya roʻyxatidan chiqarishni oʻylab koʻrdi? Afsuski, bunga ijobiy javob yoʻq”, deya qatʼiy eʼtiroz bildirdi Prezident.
Xususan, investorlar mamlakatimizdagi koʻp laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.
Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bir paytning oʻzida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar toʻqnashuviga olib kelayotgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring