Shavkat Mirziyoyev: 2025-yil bandlikni taʼminlash va kambagʻallikdan chiqarishda eng muhim va hal qiluvchi yil boʻladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugungi yigʻilishgatayyorgarlik doirasida 2025-yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambagʻallikdan chiqarish mahallabay hisob-kitob qilingan.
Bu maqsadga erishish uchun hududlarning iqtisodiy sektor rahbarlari oʻz ongini oʻzgartirishi, ish tizimi va yondashuvlarini tubdan qayta koʻrib chiqishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Ular hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashib, zamon talablariga mos ishlash tartibiga oʻtishi muhim ekani uqtirildi.
Shu bilan birga, hokim va banklarning ijobiy tajribalarini kengaytirish, muammolarni hal qilish boʻyicha 40 dan ortiq taklif va tashabbuslar tayyorlangan.
“Umuman, 2025-yil bandlikni taʼminlash va kambagʻallikdan chiqarishda eng muhim va hal qiluvchi yil boʻladi”, dedi Prezident.
Prezident yangi imkoniyatlar va rejalarni belgilab berdi.
Oʻtgan 6-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega boʻldi. Ulardan 58 mingi yangi korxona ham ochdi.
Endi banklar mana shunday sinovdan oʻtgan mijozlarini qoʻllab-quvvatlab, ularni kichik va oʻrta biznes darajasiga olib chiqishi kerakligi taʼkidlandi. Ularga “Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash” dasturi doirasida shartsiz 300 million soʻm kredit beriladi.
Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ishli qilish mumkinligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring