Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi hibsda boʻlsada uning nomidan qarorlar imzolangani aniqlandi

10:34 22 Iyul 2025 Jamiyat
198 0

Avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan qoʻlga olingani, shundan soʻng unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani haqida xabar berilgan edi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hokim hibsga olingan boʻlishiga qaramay, uning nomi bilan pul ajratishga oid 5 ta qaror imzolangani haqida xabarlar tarqaldi.

Maʼlum boʻlishicha, haqiqatan ham “E-qaror” elektron tizimida Mahmud Xolboʻtayev nomidan imzolangan 5 ta mahalliy kengash qarori mavjud. Ularning ikkitasi (12) u qoʻlga olingan 8-iyul kuni, uchtasi (123) esa 9-iyul kuni uning nomi bilan imzolangan.

Jizzax viloyat Prokuraturasi xabariga koʻra, hozirda ushbu holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Toʻplangan hujjatlar boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?