“Sharjah Masters 2025”ga birinchi raqamda saralangan Abdusattorov 3-oʻrin bilan kifoyalandi
BAAning Sharja shahrida boʻlib oʻtgan nufuzli “Sharjah Masters 2025” xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Jami mukofot jamgʻarmasi 73 ming AQSH dollarini tashkil etgan mazkur musobaqada dunyoning yetakchi grossmeysterlari ishtirok etdi.
“Masters” guruhida Oʻzbekiston sharafini toʻrt nafar shaxmatchimiz — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nigʻmatov himoya qildi.
Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Nodirbek Abdusattorov hal qiluvchi turda qora donalarda eronlik grossmeyster Amin Tabatabayi bilan durang oʻynadi. Bu natija unga toʻliq ochko olish imkonini bermadi. Ayni paytda, ikkinchi raqamli niderlandiyalik Anish Giri hindistonlik Aditya Mittalni magʻlub etib, jami 7 ochko toʻpladi va “Sharjah Masters 2025” gʻolibiga aylandi.
Serbiyalik Aleksandr Indjich esa soʻnggi turda eronlik Daneshvar Bardiyani magʻlubiyatga uchratdi va 6,5 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshimcha koʻrsatkichlar asosida Nodirbek Abdusattorov ham 6,5 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab, bronza medalga sazovor boʻldi.
Qolgan shaxmatchilarimiz ham musobaqani munosib tarzda yakunlashdi. 9-turda Jahongir Vohidov oq donalarda polshalik Malek Jandan ustun keldi va umumiy 3,5 ochko bilan 66-oʻrinni egalladi. Muhiddin Madaminov turkiyalik Ishik Alparslanga qarshi durang qayd etdi va musobaqani 4 ochko bilan 60-pogʻonada yakunladi. Ortiq Nigʻmatov esa turk shaxmatchisi Sanal Vahab bilan yarim ochko boʻlishdi va 4,5 ochko bilan 34-oʻrindan joy oldi.
“Sharjah Masters 2025” turniri Oʻzbekiston shaxmatchilari uchun muhim tajriba maktabiga aylandi. Ayniqsa, Nodirbek Abdusattorovning kuchli raqiblar orasida yuqori oʻrinni egallashi mamlakatimiz shaxmat maktabining jahon miqyosidagi nufuzini yanada oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring