“Shargʻunkoʻmir” AJ konida koʻmir qazib chiqarish ishlari boshlandi
Foto: Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
Joriy yilning 26-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasi asosida Oʻrta Osiyoda Yagona boʻlgan mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida koʻmir qazib olish ishlari boshlandi. Bu haqda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev, Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov, Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev, “Shargʻunkoʻmir” AJ rahbari X.Abdullayev, korxona xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Kon-geologiya vaziri oʻz tabrik soʻzida “Shargʻunkoʻmir” AJ tarixi, soʻnggi yillarda koʻmir qazib olish sanoatiga berilayotgan ulkan eʼtibor, kondan qazib olinadigan toshkoʻmirning yurtimiz iqtisodiyoti, sanoatga qoʻshadigan hissasi katta ekanligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring