Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga “BYD Chazor” beriladi. Ular yana qancha pul mukofoti oladi?
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medallarni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston erkaklar jamoasi aʼzolari “Prezident sovgʻasi” sifatida “BYD Chazor” rusumidagi avtomobillar hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan sportchilarimiz Olimpiadada munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallashgandi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH Oʻzbekiston termasidan faqatgina qoʻshimcha koeffitsiyentlar evaziga ustun kelgan.
Qizlar terma jamoasi esa yakuniy jadvalda 12-pogʻonani band etdi. Oʻzbekiston terma jamoasi qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga Xitoy, Ukraina, Polsha, Bolgariya, Argentinadan ortda qoldi. Aytish kerakki, qizlarimiz Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi natijalarini koʻrsata olishdi.
Shuningdek, taxtalar kesimida 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-oʻrin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-oʻrin va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Qizlar oʻrtasida esa 4-taxtada Nodira Nodirjonova 3-oʻrin va bronza medalni qoʻlga kiritgandi.
Shaxmatchilarimizga topshiriladigan pul miqdori ochiq maʼlum qilinmagan boʻlsa-da, Shavkat Mirziyoyevning “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq BHMning 500 barobarida mukofot puli berilishi kerak. Bazaviy hisoblash miqdori 375 ming soʻmligini hisobga olsak, shaxmatchi yigitlarimizga 187 million 500 ming soʻm miqdoridagi mukofot puli beriladi.
Avvalroq, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqarilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring