Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi
Shaxmat bo‘yicha Chexiyaning Praga shahrida tashkil etilgan xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. Shveysarcha tizimda o‘tkazilgan musobaqada dunyoning 8ta davlatidan 10 nafar grossmeyster ishtirok etdi. Ular safida hamyurtimiz, rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham g‘oliblik uchun dona surdi.
8-turdan keyin Nodirbek 5,5 ochko jamg‘argan holda peshqadamlar safidan joy olib turgandi. Hal qiluvchi 9-turda u slovakiyalik Pexas Jergus bilan durang o‘ynadi. Bundan esa Germaniya vakili Vinsent Keymer hamda amerikalik Xans Niyemann unumli foydalanib qolishdi. Ular o‘z raqiblari ustidan g‘alabaga erishdi va Abdusattorovni 0,5 ochkoga ortda qoldirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Keymar 6,5 ochko bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. AQSH vakili Xans Niyemann ham shuncha ochko jamg‘ardi, ammo qo‘shimcha koeffisiyentlarga ko‘ra Germaniya vakili 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
9 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘argan Nodirbek Abdusattorov esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Ta’kidlash joiz, Pragadagi xalqaro turnirning 1-tartib raqamli ishtirokchisi – AQSHlik Xans Niyemann bo‘lib, u 2 678 reyting ochkosiga ega. Germaniyalik Vinsent Keymar esa 2 675 ochko bilan ikkinchi tartib raqamida saralangan. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 2 661 reyting ochkosi bilan xalqaro turnirda 3-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring