Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Foto: Uzbekistan Airports
Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz aeroporti taʼmirlash ishlari sabab vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning yil 13-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 25-mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagida kapital taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Xususan, 1554 m uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, yurish yoʻlagining ustki qatlami ham taʼmirlanadi.
Qayd etilishicha, qurilish-taʼmirlash ishlari “Fargʻona yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi” tomonidan olib boriladi. Mazkur uchish-qoʻnish yoʻlagi uzoq muddat — 1983-yildan beri ishlatiladi.
Aytish joizki, shu paytgacha Shahrisabz aeroportida samolyotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan edi – parvozlar haftasiga ikki marta kichik L-410 samolyotlarida amalga oshirilardi. Taʼmirlash ishlari yakunlanganidan soʻng aeroport oʻrta masofaga moʻljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring