Shahram Gʻiyosovning chempionlik jangi qachon oʻtkaziladi?

11:13 25 Noyabr 2024 Sport
351 0

Shahram Gʻiyosov va Eymantas Stanionis chempionlik jangi 1-mart kuni oʻtkazilishi mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.

Maʼlumki, yarimoʻrta vazn toifasidagi professional bokschimiz Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini WBA chempioni litvalik Eymantas Stanionisga qarshi oʻtkazadi.

Xorij nashrlari maʼlumotiga koʻra, Shahram Gʻiyosov va Eimantas Stanionis oʻrtasidagi chempionlik jangi 2025-yilning 1-mart kuni AQSHning Bruklin shahridagi mashhur “Barclays Arena”da tashkil etiladi. Jang professional boks kechasi doirasida asosiy karddan (PPV) oʻrin olgan. Bu musobaqa oʻzining yuqori saviyasi bilan muxlislar eʼtiborini tortmoqda.

Mazkur boks oqshomida, shuningdek, Jervonta Devis va Lamont Roach oʻrtasidagi markaziy jang ham tashkil etiladi. Aslida ushbu jangi 14-dekabr kuni oʻtkazilishi kerak edi, ammo baʼzi sabablarga koʻra 1-mart sanasiga koʻchirilgan. Bundan tashqari, Jermall Charloning ringga qaytishi ham shu kechada kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Stanionis oʻzining soʻnggi jangini may oyi boshida Gabriel Maestrega qarshi oʻtkazgan va ochkolar hisobiga gʻalaba qozongan. Gʻiyosov esa 31-iyul kuni Migel Parra bilan jang qilib, uni zafarli yakunlagan. Bu ikki bokschining navbatdagi jangi tomoshabinlar uchun haqiqiy shiddatli kecha boʻlishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Barclays Arena”da oʻtkaziladigan mazkur oqshomda yuqori saviyali janglarning oʻtkazilishi bilan ushbu turnir yilning eng asosiy sport voqealaridan biriga aylanishi ehtimoldan holi emas. Boks muxlislari ushbu jangga katta qiziqish bildirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?