Shahnoza Mirziyoyevaga 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olishni muvofiqlashtirish topshirildi

12:32 13 Dekabr 2024 Siyosat
210 0

Tahlillar koʻrsatganidek, baʼzi nogironligi bor insonlarda psixologik bosimlar sababli oʻziga boʻlgan ishonch yetishmaydi.

Lekin, oʻzida kuch topib, ogʻir vaziyatdan chiqib, qahramonlik koʻrsatayotgan odamlar ham koʻpligi taʼkidlandi.

Prezidentimiz dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli roʻyxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yoʻldoshevaning ishlarini eʼtirof etdi. Bu ayol nogironligi bor boʻlsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambagʻal xotin-qizlarni ishli qildi.

– Mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga oʻrnak qilib koʻrsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident farmoniga muvofiq, yigʻilishda Dilorom Yoʻldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.

Kelgusi yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligi taʼkidlandi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Dunyoda nogironligi bor odamlarga toʻgʻri keladigan 100 dan ortiq sport turi bor. Lekin, bizda bunday odamlarga sport bilan shugʻullanishga faqat 22 ta turi boʻyicha tibbiy xulosa beriladi.

Endilikda xalqaro andozalar asosida nogironligi borlarga sport turlari ham kengaytirilishi, ularni bunga layoqati kasallik turiga qarab avtomatik belgilanishi qayd etildi.

Natijada sport bilan shugʻullanishga yoʻllanma olishi mumkin boʻlgan nogironligi borlar soni 286 mingdan 440 mingga oshadi.

Mutasaddilarga kelgusi yilda adaptiv sport qamrovini 1,6 barobarga oshirib, 45 mingga yetkazish topshirildi. Bu odamlarni sport bilan shugʻullantiradigan murabbiylar oyligi 1-yanvardan 1,5 barobar oshiriladi

Joylardagi 130 ta sport maktabi, 90 ta maxsus taʼlim muassasasi va 29 ta “Muruvvat” uyidagi sport obyektlari adaptiv sport turlariga moslashtiriladi.

Joylarda 300 ta yangi “vorkaut” maydonchalari quriladi, ularda ham xuddi shunday sharoitlar boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер