“Shaharlik tengdoshlarim havas qiladi”

19:06 14 Avgust 2025 Jamiyat
175 0

Men shu yurtning baxtli qiziman. Davlatimiz rahbari qoʻllaridan mukofot olishdek baxtga sazovor boʻldim. Hozirgi kunda Qoraqalpoq davlat universiteti magistrantiman. Ilmiy maqolalarim Hindiston, Rossiya, AQSH, Qozogʻiston davlatlari gazeta va jurnallarida chop etilmoqda.

2021-yili Qozogʻiston Respublikasida MDH davlatlari talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” koʻrik-tanlovida ishtirok etib, koʻkrak nishoni bilan taqdirlandim. 2023-yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori boʻldim. 2024-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan “Үmit ushqыnы” koʻkrak nishoniga munosib topildim. Bu ragʻbatlar yanada oldinga intilishga kuch bermoqda. Izlanishlarim natijasida oʻtgan yili Slovakiya Respublikasining milliy grant dasturida gʻolib boʻlib, shu asosda Yevropada oʻqib keldim. Joriy yilda Prezidentimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanganimni soʻz bilan ifodalab berolmayman. Men qatori butun qoraqalpogʻistonlik qizlar yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtiborni, yangilanishlar ortida insonlar turmush-tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan gʻoya mujassamligini chuqur anglab yetmoqdalar.

Oʻzim tugʻilib oʻsgan makon Taxtakoʻpir tumanidagi Qorateran ovulida amalga oshirilgan yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlarini faxr bilan eʼtirof etgim keladi. Hozirda qishlogʻimizga shaharlik tengdoshlarimiz havasi keladi. Hatto sayyohlarning ham eng koʻp tashrif buyuradigan obod manzilga aylangan. U yerda kamol topgan ilmga chanqoq qizlar Xalqaro konferensiyalarda qatnashmoqda. Albatta, bu ham yurtimizdagi islohotlarning samarasidir.

Nadira Abdiganiyeva,

“Kelajak bunyodkori” medali sohibasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер