Server Ibragimov Parij Paralimpiyasi kumush medali sohibi boʻldi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 50 metrga toʻpponchadan otish bahslari boʻlib oʻtdi. Ushbu yoʻnalishda finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Server Ibragimov 215,3 ochko jamgʻargan holda ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Bu borada birinchi oʻrinni Xitoy vakili Chao Yang, uchinchi oʻrinni esa Italiya vakili David Frankechetti band etdi.
Shu tariqa, Oʻzbekistonning mazkur Paralimpiadadagi medallari soni 15 taga yetdi. Delegatsiyamiz hisobida 6 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring