Serbiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

21:24 27 Oktyabr 2025 Siyosat
433 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Serbiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

TIV rahbarining yozishicha, bugun, 27-oktyabr kuni Serbiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Momchilo Babichdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

Uchrashuvda tomonlar siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi doʻstlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga oʻzaro tayyorligini bildirgan.

“Elchi janoblariga mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi vazir Saidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер