Serbiyadagi namoyishda vazir kaltaklandi
Kecha, 7-mart kuni Serbiyaning Novi-Sad shahridagi norozilik namoyishlari vaqtida mamlakatning Madaniyat vaziri Nikola Selakovich hujumga uchradi. Bu haqida “Blic” nashri maʼlumot berdi.
Unga koʻra, Serbiyaning Novi-Sad shahrida talabalarning norozilik namoyishlari boʻlib oʻtgan. Namoyish davomida ularga koʻplab fuqarolar ham ergashgan. Besh oydan buyon davom etayotgan mazkur norozilik namoyishlari 2024-yilning 1-noyabr kuni shahardagi temiryoʻl vokzalining tom qismi qulashi natijasida 15 kishi vafot etganidan soʻng boshlangan.
Kechagi namoyishlar davomida esa, Belgrad markazidagi koʻchalardan biridagi olomon mamlakat Madaniyat vaziri Nikola Selakovichga tashlanib, uni kaltaklagan. Oqibatda vazirning burni singan va bosh miyasini rentgen qilish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
«Namoyishchilar bugun kechqurun vazir Selakovichga tashlanishdi va uni yaralashdi. Ular shu bilan hamma muammolari hal boʻldi deb oʻylashmoqda. Afsuski bunday emas. Ular shunchaki yana bir bor ushbu mamlakatdagi demokratiya haqidagi qarashlarini va oʻzlari kabi oʻylamaydigan odamlarga qanday munosabatda boʻlishni koʻrsatishdi», — deya taʼkidlagan mamlakat Prezidenti Aleksandr Vuchich.
Maʼlumot uchun, 15 kishining vafotiga sabab boʻlgan temir yoʻl vokzalining qulab tushgan qismi atigi toʻrt oy oldin 16 million yevro evaziga rekonstruksiya qilingan hamda foydalanishga topshirilgandi.
Namoyish ishtirokchilarining asosiy talablari esa ushbu voqeada aybdor boʻlganlarni “qotillik” hamda “korrupsiya”da aybdor deb topib, sud qilishni talab qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring