Sentabrda Toshkentda kvartira ijarasi biroz qimmatladi

15:29 11 Oktyabr 2023 Iqtisodiyot
518 0

Arxiv foto

Sentabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi avgust oyidagi 8,9 dollarga nisbatan 2,2 foizga oshib, 1 kvadrat metr uchun 9,1 dollarni tashkil etdi.

Uy-joy ijarasi uchun eng yuqori narxlar poytaxtning uchta hududi — Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida bo‘lib, bu yerda narxlar kvadrat metri uchun 11 dollardan oshadi.

Eng past ko‘rsatkichlar Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida bir kvadrat metr uchun 7,4 dan 5,8 dollargacha.

Shu bilan birga, ijara narxining eng yuqori o‘sish sur’atlari poytaxtning Sergeli va Olmazor tumanlarida mos ravishda 6,5 foiz va 6,4 foizga hamda Bektimir tumanida 5 foizga oshgani qayd etildi.

Bir oy ichida Mirobod, Yunusobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida ijara narxi 1,6 foizdan 3,5 foizgacha arzonlashdi. Shayxontohur tumanida ijara narxi o‘zgarishsiz qoldi.

O‘tgan yilga nisbatan Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1,1 foizga oshdi. Yil boshidan buyon o‘rtacha ijara narxi deyarli 11,2 foizga kamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер