“Sentyabr gullari” filmining syomka jarayonlari yakunlandi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va “Qizilqum cinema” MCHJ bilan hamkorlikda “Sentyabr gullari” filmi tasvirga olinmoqda.
Film Farida ismli qizning taqdiri haqida hikoya qiladi. Mushtipar ayolning turmush oʻrtogʻidan ayrilganidan soʻng boshidan kechirgan qiyinchiliklari va yaqinlarining unga koʻrsatgan koʻmagi, mehr-oqibat gʻoyalari haqida soʻz boradi.
Kinokartinada bosh rollarni Mirkamol Qoraboyev, Yulduz Qoraboyeva, Sanjar Nomozov, Asror Norov, Tamara Mirmaqsudova va Bahodir Mirmaqsudov kabi aktyorlar ijro etishgan.
Prodyuser, rejissyor va ssenariy muallifi – Nazar Nurillayev, operator – Abduvohid Rajabov, rassom – Suhrob Bomirzayev.
Hozirda filmni suratga olish ishlari nihoyasiga yetgan boʻlib, montaj jarayoni davom etmoqda. Film premyerasi mart oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring