Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida Oʻzbekiston savdo uyi ochiladi

15:10 13 Avgust 2025 Siyosat
190 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Yevropa va AQSH bozoriga tayyor kiyim-kechak eksportini kengaytirish, tarmoqda standartlashtirish va raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Texnik tartibga solish agentligiga xalqaro sertifikati bor korxonalarni 300 taga yetkazish topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashqi ishlar vazirligiga aylanmasi 1 milliard dollardan katta brendlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha “yoʻl xarita”sini ishlab chiqish va sentyabr oyida Toshkentda boʻladigan yirik koʻrgazmaga ushbu kompaniyalarni taklif qilish topshirigʻi berildi.

AQSHda yiliga qariyb 100 milliard dollarlik tekstil bozori bor, muqobil qoʻllab-quvvatlash choralari orqali ushbu mamlakatga eksportni 5-6 karra oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida 2 ta savdo uyini ochish topshirildi.

Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlariga sunʼiy intellektni joriy qilish orqali daromadni 20-30 foizga oshirish, faoliyatni shaffoflashtirish va yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkin.

Bu borada toʻqimachilik korxonalariga ERP tizimini joriy qilish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi. Korxonalarni ushbu tizimga oʻrgatish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер