Senatorlar “Pekin+30: gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish” milliy forumida ishtirok etdi
Joriy yil 12-dekabr kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzolari Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi binosida “Pekin+30: gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish” milliy forumida ishtirok etdi.
Anjumanda Oʻzbekistonda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ularning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va iqlim oʻzgarishi sharoitida gender yondashuvni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar gender tenglikni taʼminlash borasida keyingi yillarda erishilgan natijalar bilan birga, xotin-qizlarning qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirokini taʼminlash, zoʻravonlikka qarshi manzilli profilaktika choralarini kuchaytirish va huquqiy savodxonlikni oshirish kabi dolzarb masalalarni ham atroflicha muhokama etdi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda xotin-qizlarni raqamli muhitga moslashtirish, kiberxavfsizlikni taʼminlash muhim ekanligiga eʼtibor qaratildi.
Ishtirokchilar kelgusida milliy dasturlarni takomillashtirish, tizimli hamkorlikni kuchaytirish hamda Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasida belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan takliflarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring