Senator Osiyo parlament assambleyasi yigʻilishida ishtirok etdi
Joriy yilning 4–5-dekabr kunlari Eron Islom Respublikasining Mashhad shahrida Osiyo parlament assambleyasi yigʻilishida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi Mahmudjon Toirov ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oʻzbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni va mahalliy Kengashlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Osiyo parlament assambleyasining joriy yildagi faoliyati tahlil qilinib, kelgusi tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring