Senator mahalliy Kengashlar joriy faoliyati bilan tanishdi
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi A.Tuychiyev Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida boʻlib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari joriy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida mahalliy Kengashlarning deputatlik faoliyati, aholi muammolarini oʻrganish va yechimini taʼminlashda Kengash vakolatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Deputatlar tashabbuskorligini kuchaytirish, aholi murojaatlarini tizimli oʻrganish va uni hal etishda davlat organlari bilan hamkorlikni kengaytirish dolzarb yoʻnalish sifatida qayd etildi.
Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatini metodik va tashkiliy jihatdan yanada takomillashtirish, Kengash qarorlarini qonunchilik talablariga muvofiq ravishda qabul qilish, qonunlar muhokamasi va targʻiboti, qonunchilik tashabbuslarini shakllantirish hamda Kengash sessiyalarida masʼul tashkilotlar hisobotlarini eshitish amaliyotini kuchaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Senator, shuningdek, “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv oʻtkazib, mahallada aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi qonunchilik va amaliy tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Joylardagi muammolarni tezkor hal etishda hamjihatlik va masʼuliyatning muhimligi alohida taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring