Senator Xonqa tumanida aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev Xorazm viloyati Xonqa tumanida bir qator mahallalarda boʻlib, aholi bilan ochiq muloqotlar oʻtkazdi.
Dastlab senator Xonqa shaharchasida qurilishi davom etayotgan tuman tibbiyot birlashmasining bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifat darajasi va loyiha samaradorligi atroflicha muhokama qilindi.
Shundan soʻng “Ahillik” mahallasida fuqarolar, “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv tashkil etildi. Afsona va Chegarachi koʻchalarini asfaltlash masalasi koʻtarilib, aholi takliflari eshitildi.
“Durgadik” mahallasida joylashgan 49-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining avariya holatida ekani va Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan yopilgani yuzasidan muammo joyiga chiqib oʻrganildi. Aholi vakillari bilan suhbat davomida bogʻchani yangidan qurish zarurati muhokama qilindi.
Shuningdek, shu hududdagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquv jarayoni va mavjud shart-sharoitlar oʻrganildi. Oʻqituvchilar jamoasi bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda taʼlim sifatini oshirishga doir taklif va mulohazalar tinglandi.
Qoraqosh qishlogʻidagi 1-sonli maktabda ham fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazilib, qoʻshimcha bino qurilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
“Istiqlol” va “Ehtirom” mahallalarida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, mahalla hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma, ichki yoʻllar, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Xonqa shaharchasidagi stadion va sport maydonlarining holati ham oʻrganildi. Tahlillar natijasida inshootlarning taʼmirtalabligi, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlarning talabga javob bermasligi aniqlandi.
Tashrif davomida Xojixon Boltayev nomidagi tarixiy muzey faoliyati, mavjud sharoitlar va eksponatlarning saqlanish holati ham koʻzdan kechirildi. Muzey faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.
Uchrashuvlar yakunida aniqlangan muammolarni hal etish boʻyicha tegishli choralar belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring